Tashabbus-kor

Tillar istemoli

Information consumption degan tushuncha bor. Bu ma’lumotlar istemoli. Bizning millat ko’p tillik millat. O’zbek tilini bilishi Turk xalqlar va ellar bilan gaplasha olish imkonini beradi. Biz faqat Ruscha deb miyamizga singdirib yuborganmiz. Aslida Rus tili emas, balki Turkiy tillar oilasiga mansub bir tilni bilish yetadi.


Ingliz tilini bilish butun dunyo bilan gaplashish imkonini beradi. Ma’lumotlar asrida yashayabmizmi?! Ingliz tilini o’rganishimiz kerak. Raqamli texnalogiylarda yaxshi kadr bo’lishni istasak, ingliz tilini o’rganamiz. Bu majburiy.
Arab tilini o’rgansak dinni o’rganamiz. Uni yaxshiroq tushunamiz. Lekin biz uchun to’siq devorlar qurib tashlashgan. Yoshligimizdan bu tillar bizga qo’rquv bo’lib ko’ringani sababli. Biz uchun qurilgan “doira” ichidan chiqmaguncha, Arab tiliga yaqinlasha olmaymiz.


Bir ish qilsak uni yaxshiroq qilishga buyurilganmiz. Demak shoshqaloqlik qilmaymiz. Tarixda ota-bobolarimiz shoshqaloq bo’lishmagan. Bir narsani o’rganish uchun unga 1000 soatdan kam vaqt sarflashmagan. 1000-2000 soat vaqt sarflaylik, keyin nimadir deb o’z fikrimizni bildirsak bo’ladi.

Raqamli dunyoda zamondan ortda qolmaylik desangiz, Ingliz tilini o’rganamiz. Boshqalarni fikrida yurmaylik desangiz, Arab tilini o’rganamiz.

O’z ona tilida yaxshi gapiradigan insonlar yutadi. Boshqa tillarni suv qilib ichib yuboradi.

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Back to top button