DasturlashTashabbus-kor

Super o’rganuvchilarning 6 odati

Harqanday ilm, mahoratlarni chuqurroq va tezroq o’rganing.

Super o’rganuvchi bo’lish 21 asr talabi. Texnalogiya asrida muvaffaqiyatga erishish uchun, inson super qobiliyat egasi bo’lishi kerak. Super qobiliyatlar faqat super o’rganishlar, o’z ustida doimiy ishlash bilan vujudga keladi.

Bugungi rivojlangan va rivojlanayotgan dunyoda o’qib-o’rganish qobiliyatiga ega bo’lishingiz juda muhimdir. Ko’p insonlar yanglish bir tushungacha egaki, siz hayotda yaxshi o’rganuvchi bo’lishingiz uchun, tug’ma talant egasi bo’lishingiz kerak. “Wunderkind bo’lishingiz sizga ilm eshiklarini tez ochadi”, deyishadi. Aslida ham shundaymi? Men, yo’q deb javob bergan bo’lardim.

Ko’p polimatlar (turli xil ishlarda a’lo darajada bo’lgan odamlar) – jumladan Eynshteyn, Richard Feynman, Genri Ford, Elon Musk – larda g’ayrioddiy miya yoki qobiliyat yo’qligini o’zlari ham tan olishgan.

Bizning miyamiz shunchalik kuchliki, biz agar bunga ishonsak, xohlagan yangi yo’nalish, texnalogiya, sohani – aniq qo’llanma, to’g’ri yondashuv va o’rgangan narsalarimizni amalda sinashga qodirmiz. Deyarli har bir kishi biror yangi sohani, yo’nalishni o’rganishi mumkin – faqat to’g’ri uslublar bilan.

To’g’ri uslub o’qish, o’rganish jarayonini maroqli qiladi. Agarda siz nimadir yangi yo’nalish o’rganmoqchimisiz? Unda maqola davomida keltirilgan odat va uslublar sizga foydali bo’lishi mumkin.

1. Super o’rganuvchilar – ko’p o’qishadi.

O’qish bu – aqlan rivojlanish kalitidir, tanangiz ozuqasi. Bu sizga makon, vaqt, tarix fani bo’ylab yurish va g’oyalar, tushunchalar, hissiyotlar va bilimlar tarkibiga chuqurroq qarash imkonini beradi.

Miya faoliyatingiz kitob o’qish orqali faol bo’ladi – siz o’qiyotgan material turiga qarab o’sadi, o’zgaradi va yangi ulanishlarni (connections) va turli xil naqshlarni miyangizda yaratadi. Yuqori darajada muvaffaqiyatli bo’lgan insonlar ko’p kitob o’qishadi.

Darhaqiqat buni ko’p siz, va men bilgan insonlar ham takidlashadi. Kitob o’qish bu – hayotimiz, kariyeramiz, va biznesimizni o’sishida asosiy rolni o’ynaydi.

Elon Musk, uning akasini aytishicha, kunbay 2 ta kitob o’qib katta bo’lgan. Bill Gates 50 kitob yiliga o’qishini aytdi. Mark Zuckerberg 2 haftada 1 kitob o’qishini. Warran Buffet 5 – 6 soat kundalik vaqtini gazeta va 500 sahifa korporativ hisobotlarni o’qish bilan o’tkazar ekan.

Dunyoda malumot va datalar yangi valyuta turi bo’lsa, kitob o’qish – ilm, malumot va datalar olishning eng samarali, davomiy usulidir.

2. Super o’rganuvchilar – o’qish jarayoniga sarguzashtdek qarashadi.

O’qish, o’rganish bu sayohat, yangi bilimlarni kashf etish – bir kitobni shunchaki maqsad uchun tugatish emas.

Bu maroqli umringiz mobaynida davom etadigan jarayon – bu kashfiyotning o’ziga yo’naltirilgan o’zgacha sayohati. Har qanday yo’nalish, mavzu, g’oya yoki yangi tafakkurni anglash nafaqat diqqat bilan kuzatishni, balki yanada chuqurroq qiziqishni talab qiladi.

“O’quv safari – bu ma’lum bir rol va / yoki texnologiya sohasi bo’yicha ko’nikmalarni egallash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan rasmiy va norasmiy o’rganish vositalarining to’plangan to’plami”, deb yozadi IBM xodimi Sonia Malik.

O’rganish – bu ortib boruvchi daromad uchun qilingan investitsiya. Doimiy ilmda, o’rganishda bo’lmasangiz. O’zgaruvchan, o’zgarib borayotgan dunyo jarayonlarida ko’pgina to’siqlarga duch kelasiz.

Super o’rganuvchilar – o’rganish jarayonini qadrlaydilar. Shoshma-shosharlik qilmaydilar. Ularda aniq bir nihoya maqsadi yo’q, doim yangi ilmlarni o’zlashtirishda davom etadilar.

3. Ular o’sishni ongli ravishda qabul qiladilar.

Alvin Toffler shunday deydi, “21-asrning savodsiz isnonlari o’qish va yozishni bilmaydiganlar emas, balki o’rgana olmaydigan, yangi texnalogiyalarni o’rganmagan va doim o’rganish jarayonida bo’lmaganlardir.”

O’sish yoki moslashuvchan ongni rivojlantirish, hayotdagi eng kerakli maqsadlarga ko’proq e’tiboringizni jalb qilishga yordam beradi. Bu sizning motivatsiyangizga ta’sir qiladi va sizning yashirin qobiliyatingizni ro’yobga chiqarish ehtimoli juda katta.

Ochiq fikr yuritish, ko’proq ma’lumot olish va kerak bo’lganda uni hayotga tatbiq etish qobiliyati sizning hayotingiz va martabaingizni sezilarli darajada yaxshilaydi.

4. Super o’rganuvchilar boshqalarga o’zlari bilgan narsalarni o’rgatishadi.

Tadqiqotlarga ko’ra, o’quvchilar kontseptsiyani boshqa birovga tushuntirish yoki o’rgatish, uni darhol ishlatish paytida o’rgangan narsalarining qariyb 90 foizini saqlab qolishar ekan.

O’zingiz bilgan narsalarni boshqalarga o’rgatish – bu yangi ma’lumotlarni o’rganish, va eslab qolishning eng samarali usullaridan biridir. Psixologlar buni “qaytarib olish amaliyoti” deb atashadi. Kuchli xotira vujudga keltirishning eng ishonchli usullaridan biri – bu olgan ilmingizni birovlarga o’rgatgan holda uni yanada mustahkamlash, saqlab qolishdir.

Richard Feynman “O’zingizning bor bilimlarni tezda mustahkamlab olishingiz uchun bir mavzuni sodda so’zlar bilan boshqalarga o’rgating va shu orqali ham o’rganing ham o’rgating.” deb yozadi o’zining qayd nomalarida.

Sizning bilimingizni yakuniy sinovi bu uni boshqalarga o’tkazish qobiliyatingizdir. Ma’lumotni o’rganish, qayta ishlash, saqlash va eslab qolishning eng yaxshi usuli bu yarim vaqtni o’rganish va yarmini boshqalarga o’rgatishdir. Masalan, kitobni tugatish o’rniga, 50 foiz o’qishni maqsad qilib oling va davom etishdan oldin o’rgangan asosiy g’oyalaringizni eslab, boshqalar bilan baham ko’ring yoki yozib maqola shaklida taqdim qiling.

5. Faol o’rganuvchilar miya ozuqasini vaqtida berib turadilar, unga g’amxo’rlik qiladilar.

Miyangizni sog’lom tutish – uni o’tkir qiladi. Sizning miyangiz uchun nima qilsangiz yoki qilmasangiz, yozib olish, ishlov berish va qabul qilishni sezilarli darajada o’zgartirishi mumkin. Har bir inson iloji boricha faol hayot kechirishni xohlaydi. Va bu esa miyaning mustahkam sog’lig’iga bog’liq.

Kognitiv muammolarni bartaraf etish ko’katlar, sabzavotlar, butun donalar, baliq va dukkakli o’simliklardan oqsil olish, yong’oq, mayiz va asal kabi mahsulotlarni doimiy iste’mol qilib borish – miya faoliyatingizni yaxshilaydi, va to’g’ri ozuqa taminotini zimmasiga oladi.

Agar biz ularni himoya qilish uchun hech narsa qilmasak, miyamiz tabiiy ravishda susayadi. Ammo, agar siz miya ozuqasiga ham ahamiyatli bo’lsangiz, pasayish jarayonini sekinlashtirasiz – sog’lom miyani himoya qilish osonroqki, shikast yetgan miyani davolashdan ko’ra.

6. Ular qisqa tanaffuslarni tez-tez olib turadilar.

O’rganish uchun tanlagan har bir narsani saqlab qolish uchun ozroq vaqt o’tishi juda muhimdir. So’ngi izlanishlarga ko’ra, tez-tez qisqa tanaffuslar qilish sizga narsalarni yaxshiroq o’rganishga va o’rgangan yangiliklarni o’zingizda mustahkam ushlab qolish darajasini oshirishga yordam beradi.

“Har kim yangi bir narsani o’rganayotganda “amaliyot qilish, amaliyot qilish, amaliyot qilish (practice, practice, practice) kerak deb o’ylaydi. Bu tushuncha to’g’ri lekin qo’shimcha, biz tez-tez dam olish amaliyot qilish jarayonida o’rganish uchun juda muhim deb topdik “, deydi Leonardo G. Koen. Bir so’z bilan aytganda – amaliyot, amaliyot, amaliyot qilamiz va tez-tez dam olib amiliyotlarni hazm qilamiz.

Luiziana Davlat Universitetining Akademik Muvaffaqiyat Markazining mutaxassislari 30-50 daqiqalik mashg’ulot qilishni tavsiya qiladilar. “30 minutdan kam har qanday amaliyot, o’qish etarli emas, lekin 50 daqiqadan oshiq miyangiz uchun bir vaqtning o’zida qabul qilishiga ko’p ma’lumotdir” deydi o’quv strategiyalari aspiranti Ellen Dunn.

Bizning miyamizning neyron tarmoqlari ma’lumotni qayta ishlashga vaqt sarflashi kerak, shuning uchun tez-tez dam olib turish yangi ma’lumotlarni yanada samarali yodlashga, o’rganishga yordam beradi. Miyangizga dam olish va tiklanish uchun yetarlicha vaqt bering.

Maqola tarjima va shaxsiy fikrlar jamlanmasi

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button