Dasturlash

Ikigai: Yapon tajribasidan foydalanib kasb/hunaringizda baxtingizni toping

Yaponiyada aksar odamlar o’zlaridagi Ikigai — dan foydalanib ertalab o’rinlaridan turadilar. Ikigai sababchi bo’lib kam uxlab, ko’p ishlaydilar.

Ikigai — sababmi? Ha, shunday. Unda Ikigai nima? Men ham Ikigaidan foydalansam bo’ladimi?

Shu rostmi? Ikigai tushunchasi uzoq umr ko’rishga yordam berar ekan? Yaponlar shunaqa deyabti. Yoki tatqiqotchilar takidlashyabti.

Dan Buettner, “Moviy zonalar” muallifi: “Eng uzoq umr ko’rgan odamlardan uzoqroq umr ko’rish tajribalari shuni ko’rsatadiki, bu haqiqat.”

Buettner uchta ro’yxat tuzishni sizgataklif qiladi:

  • sizning kasbingiz, ishingiz
  • qila oladigan ishlaringiz (kasb, hunar v.h.k)
  • siz sevib qiladigan ishlar (kasb, hunar, v.h.k)

Uch ro’yxatning kesma qismi sizning ikigayingizdir (bafurcha pastorqda).

O’z maqsadiga ega bo’lmagan, maqsadsiz inson — zararda yurgan inson.

Amerikalik yozuvchi Jozef Kempbell bir marta aytgan edi: “Mening shogirdlarim uchun mening umumiy formulam bu” baxt-saodatga ergashish “ formulasidir. Uning qayerdaligini topish va unga ergashishdan qo’rqmaslik kerak. “

“Sizning ikigayingiz bajarib zavq oladigan va uni sevib bajaradigan narsalarning/kasb/hunarlarning kesishmasidir”, deydi Hector Garsiya, Ikigai hammuallifi: Yaxshi va baxtli hayotning siri, bu: “Insoniyat shon-shuhrat, narsalar va pulga avvaldan juda moyil bo’lishgan va erishishga ko’p vaqt sarflashgan, vaqtni qadrlashmagan. Boshqalar esa, bu narsa noto’gri ekanligini tushunib boylik, shon-shuhratning shafqatsiz ta’qibidan noroziligini his qilishgan va buning o’rniga o’zlari ich-ichlaridan xohlaydigan narsalarga erishishga harakat qilishgan.”

IKIGAI — kasbda baxtli bo’lish siri. Yapon tajribasi/moduli

Ikigai tajribasi/moduli

Ikigai to’rtta asosiy elementlarning birlashishida hosil bo’ladi:

  1. Siz sevgan narsa (zavq)
  2. Dunyo nimaga muhtoj (sizning maqsadingiz, missiyangiz)
  3. Siz nimani yaxshi bilasiz (sizning kasbingiz)
  4. Sizga nima kerak bo’ladi (kasbingiz)

O’z IKIGAI-gizni topishingiz sizga ish/kasbda baxt topishingizda va hayotingizni mazmunli o’tkazishingizda yordam beradi.

Ikigai-ni topmoqchimisiz? O’zingizga quyidagi to’rtta savol bering:

  1. Men nimani yaxshi ko’raman (sevgan ishim)?
  2. Men nimani yaxshi bilaman (kasbim, hunarim)?
  3. Mening darajamda qancha to’lov qilinaman, nechi pul ishlay olaman?
  4. Dunyo nimaga muhtoj?

IKIGAI —gizni topishning 10 usuli.

  1. Faol bo’ling va charchamang
  2. Shoshqaloqlikni ortga olib qo’ying va hayotning sekin sur’atini qabul qiling (maqsadga erishishda shoshqaloqlik qilmang, balki asta-sekinlik bilan erishing)
  3. 80 foiz to’yguningizcha ovqatlaning
  4. Sohangizga ta’luqli yaxshi do’stlar toping, o’zingiz uchun yaxshi do’stlar doirasini hosil qiling
  5. Kundalik, mashqlar orqali jismonan, ruhan o’zingizni chiniqtirib boring
  6. Atrofingizdagi odamlarga tabassum bilan qarang
  7. Tabiat bilan qayta bog’laning, sayrga chiqing
  8. Har kuningiz uchun shukrona keltiring
  9. Hozirgi o’zingizda bor mavjud hayotingizni mazmunli yashashga harakat qiling
  10. O’z Ikigaingiz bilan yashang

Siz o’zingizning juda muhim narsangiz — ikigayingizni ochishi mumkin

O’z qiziquvchanligingiz ortidan boring.

Bu hayotda sizga nima baxt beradi, ertalab uyg’onishingizga sabab bo’ladi va o’sha ishni bajarish uchun say-harakat qilishingizda g’ayrat beradi…O’sha narsani o’zingizda kashf qiling. Dunyoga nima kerakligi bilan ishingiz bo’lmasin. Siz dunyo uchun hozir nima qilyabsiz, kasb, hunar, oila, do’stlar, yaqinlar bilan o’zingizda zavqli bandlik hosil qilyabsizmi!? Unda shu nuqtada qolib, davom ettiring. O’z Ikigaingiz bilan yashang, uni yillar davomida tajribangiz bilan boyitib boring. Baxtli yashang.

Ko’p insonlar o’z yangi soha, tajribalarni o’rganishdan qo’rqadilar.

O’zlarining ma’suliyatlari ortirishidan qo’rqadilar.

Biz qiziquvchan bo’lib tug’ilganmiz. O’rganish, ixtiro qilish, kashf qilish biz uchun oddiy hol. Doimiy ravishda qiziqamiz, intilamiz.

Ammo, Siz, oddiy qilib tushintirganda, katta narsalarga, o’zingizni imkoningiz, kuchingiz, mablag’ingiz yetmaydigan narsalarga intilmasligingiz kerak. Balki, kuchingiz yetadigan, ishlab zavq oladigan ishlarni qilishingiz kerak. Shundagina o’zingizni IKIGAIngizni topasiz.

Ikigai haqida bafurcha shuyerda o’qib olishingiz mumkin.

Hayotda o’z IKIGAIngizni toping!

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button