Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 9-qoida.

Gallivud, G’arb kinolarini ko’rgansiz, shundaymi? Dasturlash sohasiga oid kinolarnichi?

Shunga o’xshagan kod yozishlar sizga kinolar orqali ko’rsatiladi. Aslida hamma dasturchilar shundaymi? Hamma tez kod yozadimi? Yoki 24 soat kod yozib loyihalar ustida ishlaydimi? Yo’q!

Bu holat esa ancha dasturchi olamiga yaqinroq. Dasturchilar kod yozishdan ko’ra, kodga termulgancha juda ko’p vaqt o’tkazadilar. 

Bir kompaniyada, odamlar dasturchilar har doim footbol yoki dota kabi o’yinlarni o’ynashidan, ishlash o’rniga video shu kabi ko’ngil ochar ishlarni qilishini ko’rib ulardan shikoyat qilishadi. Aslida esa, o’sha dasturchilar ishlamoqda. O’yin o’ynab, video ko’rib ishlagan bo’lar ekanmi? Ha, shunday. Dasturchi hayoti bir g’ayri oddiy, hechkimnikiga o’xshamagan hayotdir. Ular bir muammo ustida kechayu kunduz o’ylab yuradilar. 

Kodlarda muammolar chiqib qoldi. Uni topish uchun vaqt kerak. Dasturchi shu muammo chiqgan vaqtda hamma narsani yig’ishtirib brainstorming qilishi kerak bo’ladi. Miyani joyiga qo’yib, fikr qilish. Muammoni yechishni ko’p alternativ tomonlarini topish ustida ishlashi kerak. Sizda muammo chiqdimi? Unda o’rningizdan turing ko’chaga chiqib sayr qilib keling. Yoki sevimni PC o’yinni o’ynang. Video ko’ring. Yana qaytib kelib, bugni toping va muammoni yechishni boshlang. 

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button