Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 6-qoida.

Kopichi bo’lish kerak. 

Dasturlashni endi boshlagan vaqtlarim, juda ko’p kitoblarni titib chiqardim. C++, C#, Java, JavaScript, PHP, Python, turli xil kitoblarni o’qishga kirishib ketdim. Meni adashtirishdan boshqa hechnimaga yaramadi, boshlang’ich dasturchi tilidan gapirganda. 

Men o’qirdim. Qo’limda marker, belgilardim. Ozroqdan so’ng unutardim. Uxlab qolardim. 

Kitoblar referens uchun juda zo’r. Agarda siz universitetda imtihon uchun kod yozgan bo’lsangiz, kitobda o’sha belgilangan bo’limni o’qing va uni referens qiling. Lekin dasturlashni o’rganishda, nimadir yasashdan boshlang. O’qing, o’sha o’rgangan kod bilan nimadir yasab ko’ring. Masalan, konsolda yozib test qilib ko’ringki, haqiqatdan 7 + 9 = 16 ekanmi. Applar tuzing, saytingizni qiling. 

Idea yo’q deysizmi? O’zingizni notepadingizni qiling, Paint, pianina. O’yin bo’lsa, mario, Tetris, Flappy bird. Nimadir qilish jarayonida juda ko’p narsani o’rganasiz. Dasturlash faqat praktika orqali o’rganiladi. 1 yil kitob o’qisangizu, lekin kod yozmasangiz. 1 yil bekorga emasu, lekin faqat kitob o’qishga ketibti. 

Kopichi bo’lishingiz kerak, Githubni oching. Tuzmoqchi bo’lgan oddiy dasturingizni nomini yozing. Kodni olib turib, o’rganib chiqing. Va A-Zgacha, bazan kodni tuzilishiga qarab turib o’zingizni appingizni tuzib chiqing. Kopichi bo’ling, hamma kopichi. 

*copy — kopichi — ko’chirmachi.

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button