Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 5-qoida.

Bilmasligingiz tabiiy. Agarda siz oldin dasturlashni o’rgangan bo’lsangiz, keyin ozroq vaqtdan keyin yana qaytib bazi yangi narsalarni o’rganib endi haqiqatdan ham shu sohaga kirishga qaror qilgan bo’lsangiz. Yangi narsalarni o’rganayotgan vaqtingiz, biror narsani tushunmasangiz, masalan yangi imkoniyatlarni css-grid, css-selectorlar shunga o’xshagan mavzularmi, yoki gradientlar bilan ishlash. Shunchaki bunga oddiy qarang. O’rganishda davom ettiravering, hamma narsani bilish imkonsiz, bilmaslik tabiiy. 

Insoniyat imposter sindromidan qiynalishadi. Bu nima degani? Imposter sindromi bu, siz o’z imkoniyatlaringizni cheklashingiz. Masalan, men buni bilmayman, boshqalar mendan ko’ra yaxshiroq. Falonchi zo’r, men esa hali html, cssda yuribman, degan imposter sindrom, ya’ni tushkun holatda boshqalarga o’zini solishtirish yoki o’zini yerga urish holati. 

Dasturchilarda bu yanada ko’proq. Ular o’zlariga tanqidiy munosabatda bo’ladilar. Boshqalar dasturlashni zo’r biladi, faqat men orqada qolib ketganman. Hechnimani bilmayman. Agar shu, va shu kabi holatlar sizda yuz bergan, yoki berayotgan bo’lsa. Siz yolg’iz emassiz. 70 foiz insoniyat shu sindromdan aziyat chekar ekan. Men ham, siz ham shular jumlasidan. Bunga oddiy holdek qarash kerak deyishadi olimlar. 

Ko’p dasturchilarda muammo nimada deyishsa, men savol berishda deb javob berardim. Uyalishadi. Qo’rqishadi. Odamlar nima deb o’ylaydi. 

Agar yaxshi dasturchilar hamma classlar va metodlarni yodlab olishganda edi, bu aslida imkonsiz, coding guru bo’lib ketar edilar. Oddiy iOS dasturlash tilida 800dan ortiq classlar va 9000dan ortiq metodlar bor. Bularni qaysi birini yodlaysiz? Esda saqlab qolasiz?

1900-yillarda juda kam sonli insolar kitoblar va o’quv resurslarga ega bo’lishgan. Hozirgi kunda esa, deyarli hamma o’quv resurslarga yetishish imkoni bor. Kitoblar bepul, o’quv materiallar ochiq kutubxonalarda. Xullas, digital dunyoda ko’p narsa o’zgargan, o’zgarmoqda. 

Agarda siz biror narsani bilmasangiz, unda qidiring. Bilganlardan so’rang. Do’stlar, ijtimoiy tarmoq, platformalardan savolingizga javob qidiring. Toping va yangi narsalarni o’rganishda davom ettiring. Muammoni hal qilish ustidan ishlang. 

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button