Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 4-qoida.

Ko’p dasturlash kurslari haqida ozroq fikrimni bildirsam. Ular shunchaki o’zlarini mahoratlarini ko’rsatadigan darsliklar. Siz darsliklarni kuzatasiz, lekin ko’p narsa o’rganmaysiz. Yoki, darsliklarni kuzatish mobaynida, to’g’ridan-to’g’ri qiyin mavzularga sakrab ketiladi. Endi dasturlasni o’rganishni boshlagan dasturchi HTML, CSSni hazm qilib ulgurmasdan jQuary yoki JavaScriptda bazi interaktiv qiladigan funksiyalarni yozishi bilan, dastulashni o’rganishni boshlagan “newbie” o’zini yo’qotib qo’yadi. Ehtimol dasturlashdan chiqib ketar. 

Boyqush chizishdan oldin, birinchi boshini va gavdasini chizish kerak. 

Qolganini keyin bezab, ya’ni kiyintirishni boshlaysiz. Sayt tuzishni, yoki application qilishni boshlasangiz ham birinchi asosni yasab olasiz, keyin uni kiyintirishni boshlaysiz. 

Dasturlashni o’rganishni boshlaganda, albatta eng yaxshi kurslarni olib o’qish kerak. Ko’p talabalar shuyerda, muammoga uchraydi. Darhaqiqat ko’p dasturlash kurslarini o’rganadigan talabalar ham kodlarni shunchaki kursga qarab kod yozuv mashinasiga ko’chirib qo’yishadi. Bu albatta dasturchining zerikib qolishiga, yoki o’rtada tushunmay qolishiga sabab bo’ladi. Dasturlashni o’rganishni boshladingizmi, unda yaxshi kursni tanlang. Bosqichma – bosqich, shoshilmasdan o’rganing. Qancha vaqtingiz ketsa ham bir mavzuni tushunmasdan turib keyingisiga o’tmang. Kitob o’qishni ham unutmang. Chunki kitoblar sizga yetkazishi osonroq va o’qigan sayin ko’proq ma’lumotlarga ega bo’la boshlaysiz. 

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button