Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 3 - qoida.

O’rganish uchun ideal dasturlash tili mavjud emas.

Dasturlash olamiga endi kirib kelayotgan yosh dasturchilar mendan bir savol so’rashadi. Dasturlashni qaysi tildan boshlasam bo’ladi? Ko’pchilik o’zidan kelib chiqib, yoqtirgan tildan kelib chiqib javob beradi. Mendan so’rasalar, Python yoki JavaScript deb javob beraman. Lekin, dasturchi mobile ilovalar yoki o’yinlar tuzishga qiziqishi bo’lsachi? Ideal dasturlash tili yo’q, qiziqishlardan kelib chiqib bir tilni o’rganish afzaldir. Agarda sizga kimdir falon til, masalan PHP, JavaScript, Java, Ruby on Reils, Swift, C# eng ideal tillar o’rganish uchun desa, xato so’zlabti.

Dasturlash tilini oddiy bir tool (qurilma) deb qarashimiz kerak. Masalan, siz mixni qoqish uchun bolg’aga ehtiyojingiz bor. Demak siz faqat bolg’adan foydalanib mixni qoqishingiz kerak bo’ladi. Yoki quvurni tuzatish uchun gaz klyuch (газовый ключ) kerak bo’ladi. To’g’ri gaz klyuch bilan mixni ham qoqish mumkin, xuddi bir dasturlash tili turli xil muammolarni hal qilgani kabi. Uy ustasi sizga bolg’a eng yaxshi qurilma desa, quvur tuzatuvchi usta gaz kalitini eng zo’r anjom deb maqtaydi.

Bu web dasturchi JavaScript eng yaxshi til desa, iqtisodchi, analitik R tili eng zo’r til hisob kitob uchun deydi. Niyohasida esa, siz tanlangan qurilma, anjom bilan nima qilishingizga bog’liq bo’ladi.

Agarda siz iPhone uchun dasturlar yozishni xohlasangiz, unda Swiftni o’rganasiz. Android qurilmalar uchun esa, Java Androidni o’rganasiz. Agarda, ikki tilga ham bir xil dastur yozishni xohlasangiz Flutter, Dartni o’rganasiz. Yo’q, siz faqat web saytlar, elektron bozorlar qilishni xohlasangiz, HTML, CSS, JS, NODE.JS ni o’rganing, backendda serverlar bilan ishlashni xohlasangiz unda Java, Python, PHP, Ruby tillaridan birini o’rganasiz. 

Asosiysi yana shu maqsadga bog’liq. Hamma tillar mohiyatan birxil. Masalan, deyarli barcha tillarda loops, conditionals, functions — bor. Hammasi yagona konseptsiyada tuzilgan. Sintaktik farq qilishi mumkin, ammo bir oila vakillari. 

Misol keltirsam, 

Swift tilida konsolda kod yozib ko’rsak

print("Hello world")

Java tilida konsolda kod yozib ko’ramiz

printIn("Hello world")

Maqsadni aniqlab olasiz, agar mobil qurilmalar uchun bo’lsa Swift yoki Android. Web uchun bo’lsa JS yoki PHP. Qiziqishga qarab, otni qamchilaysiz.

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button