Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 2-Qoida.

Maqsadsadsiz kod yozmang

Dasturlashni boshlagan vaqtlarim esimda, juda ko’p vaqtimni kod yozishga sarflar edim. Kod yozardimu lekin, vaqti vaqti bilan tashab qo’yardim. Masalan, haftada 7 kun kod yozishim kerak, 3 kun yozardim, 4 kun ko’p ish qilib qoygandek dam olardim. Maqsadsiz kod yozish, dasturchining yo’liga chiqadigan bir to’siq bo’ladi.

Bu albatta, dasturlashni ustozsiz o’zi o’rganadigan dasturchilar uchun yangilik emas. Kimdan so’rasangiz, haqsan deydi. Dasturchining ko’p hollarda xato qiladigan holatlaridan biri maqsadsiz kod yozish bo’lsa, yana biri hamma tillarni birvaqtni o’zida o’rganishga kirishishdir. Masalan, boshlang’ich dasturchilar Javani o’rganishni boshlashsa, bu dangasalashib ketgan jamiyat yoshlari ko’tarolmaydigan tillardan biri. Tez natijaga chiqish yo’q. JavaScript esa boshqacha. Yoki PHP tili ham boshlang’ichlar uchun zo’r.

Dasturlashni o’rganishda hozir online darslar ko’p. Ularda eng katta muammo, kodlarni line-by-line, qator ma qator ko’chirish orqali o’rganishdir. Maqsadsiz kod, maqsadsiz darsliklar. Bir soatda JavaScriptni o’rganing degan video darsliklar Youtubeda lim to’la, ko’zlar qamashib ketadi. JavaScriptni o’rganishga 1 soat ketsa, hamma dasturchi bo’lib ketardi.

Agarda dasturchi bo’lishni, shunchaki xohlasangiz, kod yozishni shunchaki o’rganish niyatingiz bo’lsa, bu maqsadingizdan qayting. Kod yozishni boshlagan vaqtlaringiz, juda murakkab bir yo’lga kirib qolasiz. Natijada, dasturlashdan chiqib ketasiz, yoki depressiyaga tushib yurasiz.

Ichki motivatsiya — agar ichki motivatsiyangiz zo’r bo’lmasa dasturchi bo’lish xayollaringiz chilparchin bo’lishi mumkin. Agarda sizni ertalab vaqtli uyg’otgan, ovqatlanishni unuttirgan, va uyqu vaqtlaringizni o’g’irlagan bir ichki motivatsiya bo’lmasa, dasturchi bo’lish qiyin.

Xullas, dasturchi maqsadsiz kod yozmaydi. Ya’ni doimiy bir loyihani ustida kod yozadi. Tajribamdan shuni aytishim mumkinki, qachonki o’zimni blog sahifamni yoki elektron bozorimni qilishni boshlaganda, kunni-kunga, haftani-haftalarga ulab lohilarim ustida ishlardim. Uyqusiz tunlar, ovqatsiz kunlar. Kodlashga borimni berardim, va natija yomon bo’lmasdi. Juda ko’p narsalarni o’rganardim. Oddiy kod yozishdan, hostinglar, serverlar bilan ishlash deysizmi, juda ko’p tajribalarga faqatgina aniq bir maqsadli kod yozish orqali erishardim.

Siz boshlanishiga albatta katta loyihalar qilishingiz kerak emas, masalan oddiy kalkulator, to do app, simple single pagelardan boshlashingiz ham mumkin. Keyinchalik, o’zingizni e-commerce saytingizni, blog, korporativ saytlaringizni qilaverasiz.

Men sizga tavsiyam, kod yozishni maqsadsiz boshlamang, qaysi tilni tanlashingizdan qatiiy nazar, dasturlashni maqsad bilan boshlang. Masalan, siz o’z elektron websaytingizni qilmoqchimsiz? PHPdan boshlang. Oddiy sayt qilmoqchimisiz? JavaScriptdan boshlang. Yoki mobile app qilmoqchimisiz, Androiddan boshlang. Crossplatform app qilmoqchimisiz Flutter, Dartdan boshlang. Xullas, maqsadsiz kod yozmang, maqsadli kod yozing.

Maqsadli kod yozishni boshladim, lekin natijaga erisha olmayabman desangiz, tashvishlanmang. Bu hamma dasturchida sodir bo’ladigan holat, o’tib ketadi.

Keyingi maqolalarimiz, yanada qiziqroq bo’ladi. Maqsadsiz kod yozishni hoziroq to’xtating. Maqsadli kod yozsangiz, natijani do’stlaringiz, bizga ham ko’rsatishni unutmang.

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button