Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 11-qoida.

Bir idea keldi. Shunaqa — shunaqa app qilmoqchiman. Yoki web app qilmoqchiman. Lekin juda katta loyiha. Bir o’zim ulgurar ekanmanmi? Katta loyihalarda ko’pchilik ishlaydi. 

Tepadagi so’zlar tanish so’zlarmi? Ko’pchilik dasturchilarda yuz beradi. Shu vaqtda nima qilish kerak?

Mobile yoki Wep app qilmoqchimisiz? Katta loyihami? Loyihani qismlarga bo’ling. 

Masalan, men bir robot qilmoqchiman. Men uchun kofe qilsin. Robor yasash uchun kerakli narsalarni olib kelib qoydim, endi kod yozish kerak. Demak birinchi qo’lini ishga tushiraman. Keyin unga harakatlarni ketma — ketligini, vazifalarni birinchisidan keyin ikkinchisini qilishi uchun kod yozishni boshladim. Robotni qo’li harakatga keldi, kofe qilish uchun u kofe mashina oldiga borishi kerak. “Kofe qilish” tugmachasini bosishi kerak. Kofe 3 minutda tayyor bo’ladi. Kutishi kerak. Kofe tayyor bo’ldi keyin uni, stakanga solishi kerak. Robotim shularni qilishi uchun qism-qism qilib vazifalarni dasturga kiritib chiqaman. Lekin men uchun qo’shimcha imkoniyatlar ham kerak, masalan kofega sut, shakar qo’shsin, oldimga olib kelsin. Bularni ham bajarishi uchun kod yozishimiz kerak. 

Bir loyiha ideangiz bormi? Unda loyihani amalga oshirishdan qo’rqmang. O’zingiz bo’lsangiz ham boshlang. Jamoa shaklantirish uchun albatta bir ishni o’zingiz boshlashingiz kerak. Loyihangizni qismlarga bo’lib chiqing. Muammolar juda ko’p chiqishi mumkin, shundaymi? Unda o’sha muammolarni ham qismlarga bo’ling. Dasturchi faqat qism-qismga bo’lib, kod yozishini o’ziga habit, ya’ni odat qilishi kerak. 

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button