Dasturlash

Dasturchining 12 oltin qoidasi. 1- Qoida

20 minut vaqt qoidasi, miyangizga buyruq berish, odat hosil qilish, kalendar jadvalingizni tuzish.

Dasturlashni o’rganish kundalik sport zaliga borib mashg’ulot qilishga o’xshaydi. Agar siz butun kuningizni sport zalida mashg’ulot, tosh ko’tarib o’tkazgan bo’lsangiz ham, tanangizda sezilarli farqni ko’rmaysiz. Siz dasturlashni qanchalik ko’p o’rgansangiz, shunchaki kodlar bilan boy bo’lgan mushaklaringizni ko’rishni boshlaysiz. (istehzo).

Muammo shundaki, siz qiymatli vaqtingizni qanday qilib kod yozishga bag’ishlay olasiz? Sizda to’liq vaqt(fulltime) ishingiz bor, oilangiz, do’stlaringiz davrasi. Bulardan ortib dasturlashni o’rganish, sizga emasdek go’yo. Kundalik dasturlash mahoratlarini o’rganish, kod yozish, eh ))

Men to’liq ish vaqtimda, kundalik 12 soat ishlardim, 1 soat vaqtim yo’l qatnoviga ketardi, 2 soat vaqtimni ovqatlanish, umumiy hayotiy ehtiyojlarga sarflardim. Qisqasi, 9 soat vaqtim bor. Nazariy qaraganda, kod yozishga 2 soat, va uyquga 7 soat vaqt ajratishim mumkin edi. Ammo, kundalik to’liq stavkada ish, va uyga qaytgach sevimchi sharbat ichimligim qo’limda, TVga termilgancha oyoqni jo’zib dam olishga nima yetsin. Dasturlashni o’rganish 2 soat kuniga, bu imkonsiz narsa.

Ammo, ozroq vaqtdan keyin bir yo’l topdim. Hiyla qilamiz. Miyaga buyruqni hiyla orqali beramiz.

Insoniyatda Inersiyasi ortig’idan tashqari ko’p. Bu albatta biz uchun zararli. Sizga soddaroq qilib tushuntirsam, sevimli Ertugrul yoki Qashqirlar makoni kino seriallarni uyqularimdan kechib, ovqatlanmasdan, darsga, ishga bormasdan ko’rib chiqardim. Bu albatta yomon edi. Ammo Inersiyadan yaxshilikda foydalansak ham bo’ladi. Masalan, dasturlashni o’rganishni boshlagan vaqtlarim, men kod yozishni boshladim, loyihalar ustida ishladim. Natijada uyqularimdan voz kechardim, TVni umuman ko’rmadim, to’g’ri ovqatlanmadim, do’stlar va oila davrasidan vaqtinchalik chekingan edim. Bular barchasi kelajakdagi kariyeram uchun muhimligini his qilardim. Yomon inersiyani yaxshi inersiyaga o’zgartira oldim.

Xo’sh qanday qilib yaxshi inersiyadan foydalana olamiz? Aniqki, kundalik vazifalarni, habitlarni o’zgartirish juda qiyin ish. Bu juda ko’p motivatsiya talab qiladi. Masalan, uyga kirdim internetni yoqdim, TVda sevimli kinoni bir kosa ovqat, shirinliklar bilan ko’rishni boshladim. Bulardan osonlikcha voz kechish juda qiyin holat inson agarda kundalik ishdan keyin shu ishlar bilan shug’ullansa.

Ammo, bir yechim bor.

Uyga kirdingiz, 20 daqiqa shaxsiy kompyuterim oldida o’tiraman, va dasturlashni o’rganaman, loyiham ustida ishlayman, kechagi loyihani oxiriga yetkazib qoyaman. Faqat shart 20 daqiqa. Buyruq ketdi. Miya uni ishlashni boshladi, va sizga rozilik javobini qaytardi. Agarda 2 soat dasturlashni o’rganaman deb buyruq berganingizda miyangiz rad javobini berardi.

20 daqiqa dasturlashni o’rganishga kirishdim, 2 soat o’tganini bilmay qolibman.

Keyingi bosqich — odat rivojlantirish. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bir odatni shaklantirish uchun 1 oy vaqt ketar ekan. Masalan, bir oy davomida tishlarimni yuvsam, 2-oy bu odat holiga aylanadi. Agar tishlarimni yuvmasam, nimanidir yo’qotgandek bo’laman. Yoki harkun 20 minut ko’chada yugurgan odam, 1 oydan keyin yugurmasdan kunini boshlay olmay qoladi. Bu odat rivojlanganlik alomati bo’ladi.

Agarda dasturlashni odat tusiga aylantira olsangiz, qisqa muddatda katta natijaga erishasiz. Kundalik tajribangiz oshgani sayin, dasturlash mahoratingiz ham oshadi. Kodingni odat tusiga aylantirishingiz kerak.

Kalendar, jadval asnosida faoliyat yuritish.

Ko’pchilikga malumki, insonlar pala partish hayot kechirishadi. Vaqt qadri deyarli yo’q. Biz tepada sanab o’tilgan mahoratlar orasiga yana bir mahoratni qo’shishimiz kerak. Bu kundalik ish jadvalidir.

O’z kalendaringiz orqali har bir ishingizni reja qilib chiqishingiz kerak. 20 minut dasturlashni o’rganishni ham kalendarga kiritib qo’ying.
Kalendarni ko’chirib olib, yoki Mobil telefoningizga o’rnatib olib ishlatsangiz bo’ladi. Eslatma: toqatingizdan tashqari rejalar qilmang, masalan 6 soat dasturlashni o’rganaman, shu kabi.

Sizga maqolamiz yoqgan bo’lsa, bizni oldingi maqolamizni “Ikigai — Yapon tajribasi”ni ham o’qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Barchasini o'qish

Muhammad Xalil

WIUT bitiruvchisi, O’qituvchi. Asosiy maqsadlaridan biri – Ilm olish va uni birovlarga ham o’rgatish. Zamonaviy kasblarda video darsliklar muallifi. Qalamkashlik bilan ham shug’ullanib turadi. Sayohat qilishni yoqtiradi. Tarixiy kitoblar, hujjatli filmlar jonu-dili.

Bu maqolamiz ham sizga yoqadi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Buni ham bir o'qib ko'ring
Close
Back to top button